Sirdaryoda yongʻin boʻlayotgan uydan 3 nafar bola qutqarib qolindi
Foto: Sirdaryo viloyati FVB
Sirdaryo viloyatida Shirin shahridagi xonadonlardan birida yongʻin ichida qolib ketgan 3 nafar voyaga yetmagan bola qutqarib qolindi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 17-fevral kuni soat 14:30 da Shirin shahrining Amir Temur mahallasidagi xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻlgan. Hodisa joyiga zudlik bilan yongʻin-qutqaruvchilari yetib borib, alangani soat 14:37 da toʻliq oʻchirgan.
Yongʻinni bartaraf etish vaqtida xonadon ichida uch nafar voyaga yetmagan – 2019-yilda tugʻilgan J.J., 2020-yilda tugʻilgan J.M. hamda 2022-yilda tugʻilgan J.I. qutqarib olingan. Ularga shu joyning oʻzida birinchi tibbiy va psixologik yordamlar koʻrsatilgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, yongʻin oqibatida tan jarohati olgan yoki halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring