Sirdaryoda tuman-shahar gazetalari maʼlum tanaffusdan soʻng yana chop etilmoqda

16:35 13 Mart 2025 Jamiyat
50 0

Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. “Nurli istiqbol” Boyovut tumanining koʻp yillik tarixini oʻzida jamlagan nashr hisoblanadi. Shu bilan birga mazkur gazeta tahririyati uzoq yillar Mirza vohasi matbuotining boy tajriba va katta ijodiy salohiyatga ega mahorat maktablaridan biri ham boʻlgan. Bunga ushbu dargohda ishlagan, soʻngra viloyat hamda respublika OAVda faoliyat yuritgan va yuritayotgan koʻplab taniqli jurnalistlar, shoirlar va yozuvchilarni misol keltirish mumkin.

Ammo uzoq davr mobaynida tuman maʼnaviy-maʼrifiy hayotida katta ahamiyatga ega boʻlgan mazkur nashr moliyaviy muammolar tufayli ikki yildan buyon chop etilmay kelinayotgan edi. Yaqinda ana shu tanaffusga chek qoʻyildi: gazeta yana nashr etila boshlandi.

Eʼtirof etish lozimki, viloyatda bosma OAV rivojiga qaratilgan yangicha qarash va katta eʼtibor tufayli “Nurli istiqbol” singari tegishli tuman va shahar hokimliklari muassisligidagi yana 4 ta gazetaning chop etilishi ham tiklandi.

— Birinchi navbatda, tahririyatlarning soliq va boshqa majburiy toʻlovlari borasidagi muammolari hal qilinayotir, — deydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Zafar Mirrahimov. — Shu bilan birga ularni malakali va professional jurnalist kadrlar, bino hamda zarur jihozlar taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilayotir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер