Sirdaryoda oʻqituvchi oʻquvchining onasi tomonidan kaltaklandi

12:04 14 Fevral 2025 Jamiyat
359 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol dars vaqtida oʻqituvchiga qoʻpol muomalada boʻlib, uning yuziga musht tushirgani, oʻldirish bilan tahdid qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova oʻzining Xʼdagi sahifasida mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Vazirga koʻra, voqea Sirdaryo tumanida joylashgan 1-sonli maktabda yuz bergan. Uning maʼlum qilishicha, hozirda vaziyat Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan nazoratga olingan boʻlib, oʻrganish natijalari boʻyicha jamoatchilikka tez orada qoʻshimcha axborot beriladi.

Tarmoqda tarqalgan xabarlarga koʻra, oʻqituvchi yaxshi oʻqimagan oʻquvchiga jiddiy tanbeh bergani uchun uning onasi kelib shunday yoʻl tutgan.

Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabatida esa holat Sardoba tumanidagi 1-sonli maktabda sodir boʻlgani qayd etildi.

“Holat Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi va soha masʼullari nazoratiga olingan. Oʻrganishlar yakuni yuzasidan batafsil axborot beriladi”, deyiladi boshqarma xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?