Sirdaryoda Koreya bilan yangi hamkorlik yoʻnalishlari ochiladi
Koreya Respublikasining poytaxti — Seul shahrida oʻtkazilgan “Sirdaryoda biznes qiling” biznes-forumi doirasida Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Koreyaning qator nufuzli kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Jumladan, Koreya onlayn import va eksport assosiatsiyasi, 3H Korea, Tubestar Co, Arizon, Sysmate, Happy LNB, Gem Nanotechnology, OTTO, Filmax AMP hamda Toytron Co kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi, deb xabar bermoqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.

Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama manfaatli loyihalarni Sirdaryo viloyati hududida amalga oshirish, investitsiyaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va ishlab chiqarish hamda innovatsion yoʻnalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, bugun viloyat rahbari Erkinjon Turdimov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari “Sun Moon University”da ham boʻlishdi. Unda Guliston shahrida ushbu universitetning filialini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Sirdaryo viloyati delegatsiyasining Koreya Respublikasiga xizmat safari davom etmoqda.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring