Sirdaryoda barpo etilayotgan yangi IES uchun Yaponiyadan olib kelinayotgan zamonaviy gaz turbinasining ikkinchi bosqichi yurtimizga kirib keldi
Xabar berganimizdek, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt boʻlgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda.
Unda “Mitsubishi” kompaniyasining dunyodagi eng zamonaviy va eng energiya tejamkor texnologiyalari hamda gaz turbinalari oʻrnatilmoqda.
Mazkur stansiya uchun Yaponiyadan olib kelinayotgan yirik energoqurilmalarning ikkinchi bosqichi yurtimizga kirib keldi. Ushbu qurilmalar ayni kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasidan Sirdaryo viloyatiga olib kelinmoqda.
Stansiya yiliga 12 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Unda eng zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalar oʻrnatilishi hisobiga yiliga 1,1 mlrd. kub metr tabiiy gaz tejaladi. Stansiya joriy 2023-yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.
Stansiya qurilishi davomida 2000 nafargacha, ishga tushgandan keyin esa 120 nafar yangi ish oʻrni yaratiladi.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yil dekabr oyida mazkur IESda Yaponiyadan olib kelingan birinchi gaz turbinasi oʻrnatilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring