Sirdaryoda 21 tup qayragʻoch daraxtini kesganlar ozodlikdan mahrum qilindi

16:42 29 Iyul 2024 Jamiyat
242 0

Sirdaryo viloyatida tabiatga zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan keskin chora koʻrildi. Bu haqda Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, М.А. sheriklari bilan oldindan til biriktirib, 2023-yilning dekabr va 2024-yilning yanvar oylarida oʻziga qarashli boʻlgan dala maydoni chetida koʻkarib turgan jami 21 tup qayragʻoch daraxtlarini qonunga xilof ravishda kesib, sotib yuborganligi aniqlangan. Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.

Daraxtlar kesilishi natijasida tabiatga 1 milliard 459 million 144 ming soʻm zarar yetkazilgan.

«Sudda М.А, А.А. va К.З. ning 21 tup qayragʻoch daraxtini qonunga xilof ravishda kesib, sotib yuborganligi oʻz isbotini topdi. Sud qarori bilan daraxt kushandalaridan tabiatga yetkazilgan zarar undirilishi belgilandi. Shuningdek, har bir sudlanuvchiga 2-yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ekologiya vazirligi har qanday turdagi huquqbuzarlik qonunga koʻra qatʼiy javobgarlikka sabab boʻlishini yana bir bor eslatib oʻtadi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер