Sirdaryoda 2 ta gaz “zapravka” jami 28,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirladi

14:08 20 Iyul 2024 Iqtisodiyot
352 0

Фото: Бош прокуратура

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida jami 28,4 mlrd soʻmlik gazni oʻgʻirlagan 2 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika va hududiy Shtablar tomonidan Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida energiya resurslarini talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Sirdaryo tumanida joylashgan “M.G.” MCHJga qarashli AGTKShda jamiyat mansabdor shaxslari “Avtopilot-Pro” rusumli gazni hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi taʼsir koʻrsatib 20,5 mlrd soʻmlik 8,2 mln kub metr tabiiy gazni oʻgʻirlagan.

Shuningdek, Sirdaryo tumanidagi “S.A.L.” MCHJga qarashli AGTKShda oʻrnatilgan hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi taʼsir koʻrsatishi oqibatida 7,9 mlrd soʻmlik 3 mln kub metr tabiiy gaz talon-toroj qilingan.

Фото: Бош прокуратура

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda koʻp miqdorda oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер