Sirdaryoda 13 yoshli qizning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi

Illyustrativ foto
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida 13 yoshli qizning jasadi yashash uyining mehmonxonasidan qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Yangiyer shahri Shukrona MFYdagi uylardan birida ijara asosida yashovchi S.M. joriy yilning 3-iyul kuni soat 19:00 larda ishdan yashash xonadoniga kelganda uyning mehmonxonasida 13 yoshi qizi K.S.ning jonsiz tanasini topgan. Shundan soʻng S.M. soat 19:30 larda shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Hodisa sodir boʻlgan joy tezkor-tergov guruhi aʼzolari ishtirokida koʻzdan kechirilib, protsessual tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hodisa joyidan barmoq izlari, 2 dona yostiq, 2 dona pivo spirtli ichimligining yelim idishi, 2 dona qulflar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Shuningdek, marhuma K.S.ning murdasi koʻzdan kechirilib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Yangiyer tumanlararo sud tibbiy ekspertizacining birlamchi maʼlumotnomasida voyaga yetmagan K.S.ning oʻlimi boʻyin aʼzolarining qisilishi, boʻgʻish natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab boʻlganligi qayd etilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan oʻsha kunning oʻzida, Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda jinoyat ishi boʻyicha viloyat prokuraturasining oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Ushbu jinoyatni fosh etish yuzasidan viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan tergov-tezkor guruhi tomonidan jinoyatni sodir qilgan shaxsni aniqlash yuzasidan tezkor tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, deyiladi Prokuratura taqdim etgan maʼlumotnomada.
Qoʻshimcha qilinishicha, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan Yu.X.ni qidirib topish boʻyicha viloyat IIBga alohida topshiriq berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring