Sinszyanning Markaziy Osiyo davlatlari bilan oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi joriy yilning birinchi yarmida 75,1 foizga oʻsdi
Joriy yil yanvar-iyun oylarida Xitoy shimoli-gʻarbidagi Sinszyan-Uygʻur avtonom rayonining Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan tovar ayirboshlash hajmi 75,1 foizga oʻsib, 119,66 milliard yuanga yoki 16,71 milliard dollarga yetdi.
“Sinxua” Xitoy davlat axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, umuman olganda, Shinjonning tashqi savdosi joriy yilning birinchi yarmida 65,2 foizga oʻsib, soʻnggi oʻn yillikdagi eng yuqori koʻrsatkich 149,62 milliard yuanni (taxminan 20,9 milliard dollar) tashkil etdi, bu koʻrsatgich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 65,2 foizga oʻsdi.
“Sinszyan Xitoyning «Bir kamar va yoʻl” boʻyidagi mamlakatlar oʻrtasida yaqin savdo-iqtisodiy almashinuv, mamlakatdan yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar eksportida ijobiy tendensiya va qishloq xoʻjaligi importi bosqichma-bosqich kengayib borayotganidan guvohlik bermoqda, - deyiladi agentlik xabarida. - Yanvar-iyun oylari davomida Sinszyanning “Bir kamar va yoʻl” boʻyidagi mamlakatlar bilan savdo aylanmasi 138,3 milliard yuanga yetdi va 68,2 foizga oʻsishga erishdi. Mintaqaning Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 75,1 foizga oshib, 119,66 milliard yuanga yetdi».
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning birinchi yarmida Sinszyanning elektr transport vositalari va quyosh panellari eksporti mos ravishda 363,3 foizga va 55,9 barobarga oshgan. “Bu mahalliy yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarning raqobatbardoshligi oshib borayotganidan dalolat beradi”, - deb yozadi “Sinxua”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring