Singapurlik sayyohlar uchun Oʻzbekistonga charter reyslar tashkil etiladi
Illyustrativ foto
Sayyohlar uchun Singapurdan Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri charter reyslar tashkil etiladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Singapurning yetakchi turoperatorlaridan boʻlgan “Chan Brothers Travel” kompaniyasi joriy yilning dekabr oyidan Oʻzbekistonga yuzlab turistlarni olib kelishni rejalashtirmoqda. Ushbu maqsadda Singapurdan Oʻzbekistonga charter parvozlar yoʻlga qoʻyiladi.
Toʻqqiz kunlik tur doirasida Singapur va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarga tashrif buyuradi. Shuningdek, Oʻzbekistonning boy tarixi, madaniyati, betakror meʼmoriy yodgorliklari, goʻzal tabiati, mahalliy aholining urf-odatlari va milliy taomlari bilan tanishadi.
Charter parvozlarni targʻib qilish maqsadida kompaniya Oʻzbekistonga bagʻishlangan maxsus marketing kampaniyasini boshlaydi.
Shu bilan birga, Singapurda oʻtkaziladigan turistik koʻrgazmalarda Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etiladi.
Taʼkidlash joiz, sayohatchilar bilan Oʻzbekistonga Singapurning xitoy va malay tillaridagi mashhur radioboshlovchilari ham tashrif buyurishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring