Silk Avia va ATR beshta ATR 72-600 samolyotini sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi

Silk Avia va Franko-Italiya konserni ATR oʻrtasida beshta yangi ATR 72-600 samolyotlarini, toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchidan uchta va lizing beruvchidan ikkita, sotib olish boʻyicha shartnoma imzolandi. Oʻzbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi uchun samolyotlar xarid qilish boʻyicha kelishuv Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi arafasida Parijda imzolandi.
“Biz aviakompaniyamiz yaqin kelajakda ATR samolyotlarida parvoz qilishni boshlashidan juda mamnunmiz. Yangi arzon aviakompaniya sifatida biz qaysi samolyot biz uchun eng yaxshi yechim boʻlishini chuqur tahlil qildik. ATR 72-600 dunyodagi eng mashhur qisqa masofaga uchuvchi samolyotlardan biridir. A320 ga qaraganda toʻrt barobar kam yoqilgʻi sarflaydigan tejamkor va arzon samolyot yoʻlovchilarga hamyonbop narxlarda ishonchlilik va qulaylikni taklif qilish imkonini beradi”, — dedi “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva.
Parijdagi uchrashuv doirasida Silk Avia va ATR global texnik xizmat koʻrsatish shartnomasini (GMA) ham imzoladi. Besh yillik, soatbay toʻlov turini koʻzda tutuvchi shartnoma texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va ish unumdorligini oshiradi. Shartnoma texnik xizmat koʻrsatish va kapital taʼmirlash, agregatlarni almashtirish, ehtiyot qismlar zaxirasi va texnik xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga oladi.
“Oʻzbekistondek jadal rivojlanayotgan mamlakatda Silk Avia ichki turizmni va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, mintaqaviy reyslarning 10 foizga oshishi mahalliy yalpi ichki mahsulotning 5 foizga oʻsishiga olib kelishi mumkin va ATR ishonchli va arzon mintaqaviy samolyotlar bilan taʼminlash orqali ushbu jarayonga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Biz Silk Avia kompaniyasini Markaziy Osiyoda ATR uchun yangi bozorni ochgan yangi hamkorimiz sifatida qutlaymiz”, — dedi ATR bosh direktori Natali Tarno Laud.
Shartnoma doirasida Silk Avia yangi avlod PW127XT dvigatellari bilan jihozlangan samolyotlarni xarid qilmoqda, bu esa mavjud dvigatellarga nisbatan texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarini 20 foizga, yoqilgʻi sarfini esa 3 foizga qisqartirishni taʼminlaydi. Silk Avia samolyotlari Markaziy Osiyoda uchadigan birinchi yangi ATRlar boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring