Silk Avia oʻzining oʻquv markazini yaratadi
Oʻzbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi “Silk Avia” va ATR konserni Parij-Le-Burje xalqaro aviakosmik koʻrgazma doirasida bir qator masalalar boʻyicha kelishuvga erishdi.
Xususan, kompaniyalar Oʻzbekistonda oʻquv markazini tashkil etish va ATR samolyotlariga asosiy texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish masalasini oʻrganishga kirishdilar. Tomonlar, shuningdek, Silk Avia parkini yana uchta ATR72-600 va ikkita kichikroq (50 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan) ATR42-600 samolyotlari bilan toʻldirishga kelishib oldilar.
Bundan tashqari, Parij aviakoʻrgazmasi doirasida aviakompaniya Nordic Aviation Capital (Irlandiya) lizing kompaniyasi bilan ikkita ATR72-600 samolyotini operativ lizingga olish boʻyicha shartnoma imzoladi. Samolyotlar Toshkentga Tuluzadagi (Fransiya) ATR zavodidan 2023-yilning oktyabr va noyabr oylarida yetib kelishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Silk Avia 25-aprel kuni Oʻzbekiston shaharlariga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻygan va birinchi oyda 12 mingga yaqin yoʻlovchini tashigan edi. Hozirda aviakompaniya uchta ATR72-600 samolyotidan foydalanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring