“Silk Avia” xalqaro reyslarni yoʻlga qoʻymoqda

17:58 18 Avgust 2023 Jamiyat
875 0

Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi xalqaro reyslarni yoʻlga qoʻyadi. 26-avgust kuni Toshkent — Issiqkoʻl — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha birinchi yoʻlovchi reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qirgʻizistonga muntazam charter reyslar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari — dam olish mavsumi tugagunga qadar amalga oshiriladi. Xususan, aviatashuvchi ushbu yoʻnalishda beshta xalqaro reysni amalga oshiradi — 26 va 30-avgust kunlari, shuningdek, 2, 6 va 9-sentyabr kunlari. Chiptalar sotuvi 21-avgustdan boshlanadi.

Parvozlar Silk Avia parkiga kiruvchi ATR72-600 oʻrta masofali turbovintli samolyotlarda amalga oshiriladi. Ushbu turdagi samolyotlar 70 tagacha yoʻlovchini sigʻdira oladi.

Eslatib oʻtamiz, Silk Avia 25-aprel kuni Oʻzbekiston shaharlariga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻygan va toʻrt oylik reyslar davomida 42,5 mingga yaqin yoʻlovchini tashigan. Aviakompaniya 5-avgust kuni Toshkent va Issiqkoʻlni bogʻlovchi ilk xalqaro parvozini amalga oshirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?