Si Szinpin Jo Baydenni oʻt bilan oʻynashmaslikka chaqirdi
Foto: Reuters
Joriy yilning 28-iyul kuni AQSH prezidenti Jo Bayden va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisi Si Szinpin oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida Si Szinpin Tayvan atrofida keskinlik kuchayayotgan bir paytda Jo Baydenni ogohlantirib, “oʻt bilan oʻynashish” oʻzini kuydirishini taʼkidlagan. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.
XXR raisining taʼkidlashicha, Xitoy Tayvan masalasida mamlakatning milliy suvereniteti va yaxlitligini himoya qilishga bel bogʻlagan va orolning eʼlon qilingan mustaqilligini tan olmaydi.
Bayden Szinpinga AQSH “Yagona Xitoy” siyosatiga sodiq ekanini aytgan. Shu bilan birga, manba Pekin bayonotida siyosatchilar oʻrtasidagi bu suhbat, boshqalaridan farqli oʻlaroq, konstruktiv deb atalmaganini qayd etadi.
Shuningdek, ikki soat davom etgan telefon orqali muloqot chogʻida yetakchilar Vashington va Pekin oʻrtasidagi “Yagona Xitoy” konsepsiyasi doirasidagi munosabatlarni, shuningdek, Ukraina inqirozi va Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy amaliyoti”ni muhokama qilishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring