Shvetsiya dunyoda naqdsiz pul tizimiga oʻtadigan birinchi davlatga aylanishi mumkin
Shvetsiyada naqd puldan foydalanish hajmlari minimal darajaga tushdi, deyiladi mamlakat Milliy banki hisobotida.
Muomaladagi naqd pullarning umumiy qiymati YAIMning atigi 1 foizini tashkil etmoqda. Bu dunyodagi eng past koʻrsatkichdir. Taqqoslash uchun, yevrozonada mazkur koʻrsatkich bundan oʻn barobar yuqoridir, deb yozadi Dagens Nyheter manbasi.
Shvetsiyada faqat mayda toʻlovlargina naqd pulda amalga oshiriladi. Oʻshanda ham juda kamdan-kam hollarda. Boshqa tomondan, shvedlar, shu jumladan keksalar ham ommaviy tarzda toʻlov ilovalaridan juda koʻp foydalanishadi. Shuningdek, kredit karta yoki mobil telefon yordamida ham toʻlovlar amalga oshiriladi.
Pandemiya paytida bevosita(kontaktsiz) toʻlov usullari, ayniqsa, ommalashdi, deydi ekspertlar.
Naqd pullarning yoʻq boʻlib ketishi bilan bank va doʻkonlarga mablagʻ uchun oʻgʻirlikka tushish tarixda qoladi. Ammo aksincha, kiberfiribgarliklar, jumladan, kartalarni buzib kirish, bank maʼlumotlarini oʻgʻirlash soni koʻpaymoqda.
Buni qarangki, hattoki Shvetsiyada ham naqd pulsiz toʻlovning ashaddiy raqiblari bor ekan. Masalan, “Naqd toʻlov uchun isyon”(Kontantupproret) tashkiloti aʼzolari agar urush yoki boshqa inqiroz holatlarida elektron tizimlar ishlamay qolsa, mamlakatga nima boʻladi, degan savolni berib kelishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring