Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishda telemeditsinaning ahamiyati qanday?
Zamonaviy tibbiyotning eng katta yutuqlaridan biri, shubhasiz, telemeditsinadir. Murakkab amaliyotlarni shu sohada yuqori tajribaga ega mutaxassislar bilan bamaslahat amalga oshirish oʻz samarasini bermasdan qolmaydi. Ayniqsa, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishda uning natijadorligi yuqori.
— Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida teletibbiyot ilmiy laboratoriyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilishi ortiqcha vaqt va mablagʻ yoʻqotilishiga chek qoʻymoqda, — deydi markaz bosh direktori Davron Toʻlaganov. — Bundan ham bemorlar, ham tibbiyot xodimlari birdek manfaatdor.
Hozir mazkur yoʻnalishda xalqaro aloqalar yanada kengaymoqda. Yevropaning nufuzli Robert Kox instituti bilan hamkorlikda markazga zamonaviy telemeditsina uskunasi — “InTouch Lite-3” roboti oʻrnatildi.
Natijada germaniyalik mutaxassislar bilan konsultatsiyalar yoʻlga qoʻyilib, ular bilan hamkorlikda oʻtgan qisqa davrda 250 dan ortiq muolajalar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, Germaniyaning GIZ agentligi koʻmagida muassasaning Nukus, Namangan va Samarqand filiallarida shu kabi yuqori texnologiyalar oʻrnatilishi kutilmoqda.
Joriy yilning iyun oyida RSHTYOIM va uning hududiy filiallaridan 7 nafar hodim Germaniyada malaka oshirib qaytishi tufayli toʻplangan ilgʻor tajribalar asosida telemeditsina boʻyicha ilk milliy qoʻllanma yaratishga zamin hozirlandi.
Qolaversa, bu yoʻnalishdagi bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida Markaziy Osiyo boʻyicha telemeditsinaga bagʻishlangan ilk mintaqaviy anjuman oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring