Shoʻrchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Denov tumani hokimining oʻrinbosari Akbarali Ishmurzoyev Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumaniga hokim etib tayinlandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun Shoʻrchi tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etib, Shoʻrchi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga toʻxtaldi.
Viloyat rahbari shu vaqtga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Ulugʻbek Zokirov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilganligini bildirib, Akbarali Ishmurzoyev nomzodini Shoʻrchi tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirgan. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullangan.
Maʼlumot uchun, Ishmurzoyev Akbarali Abdujabborovich 1982-yilda Denov tumanida tugʻilgan. 2003 – 2009-yillarda Termiz davlat universitetini tamomlagan.
Faoliyati davomida ijro hokimiyati organlarida turli lavozimlarda, xususan, Uzun va Angor tumani hokimining oʻrinbosari vazifasida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar A.Ishmurzoyev 2023-yildan buyon Denov tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring