Shonli yoʻldan soʻzlovchi kitob
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Maʼrifat” gazetasining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan “Mehr va mahorat maktabi” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Xalq talimi vazirligi mutasaddilari, taniqli jurnalistlar, talabalar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Soʻzga chiqqanlar “Maʼrifat” gazetasining tarixi va hozirgi kuni haqida fikr yuritdi. “Mehr va mahorat maktabi” kitobida bosib oʻtilgan shonli yoʻlning oʻziga xos qirralari, nashrning xalqimizga maʼrifat ulashishdagi oʻrni va ahamiyati ziyolilar, ijodkorlar tomonidan jonli xotiralar, fikr-mulohazalar asosida ochib berilgani taʼkidlandi.
— “Mehr va mahorat maktabi” kitobi toʻrt bobdan iborat boʻlib, “Maʼrifatli ustozlar” deb atalgan birinchi bobida gazetamizda faoliyat yuritgan ustozlar xotiralari, tilaklari jamlangan, — deydi gazeta bosh muharriri Husan Nishonov, — “Xalq ziyolilari gazetasi” deb atalgan ikkinchi bob uzoq yillardan beri hamkorlik qilib kelayotgan taniqli olimlar va faol oʻqituvchilarning gazeta hayoti bilan bogʻliq fikrlaridan iborat. “Hammamiz “Maʼrifatdanmiz”, “Maʼrifat” mahorat maktabi” boblaridan esa tahririyatda faoliyat yuritgan taniqli jurnalistlar va gazeta qoshida tashkil etilgan mahorat maktabi tinglovchilarining maqolalari oʻrin olgan.
Taʼkidlanganidek, “Maʼrifat” jamoasi oʻz ovozi, oʻz soʻzi bilan jamiyatni, keng jamoatchilikni olamga teran nigoh bilan boqish, har bir amalni ilm, tajriba, mashvarat bilan bajarishga targʻib etish, tarbiyani taʼlim, taʼlimni tarbiyaning oʻq ildizlariga aylantirishdek muhim vazifani ado etish yoʻlida ter toʻkib kelmoqda. Bu zalvorli mehnat, ayniqsa, yosh avlod ongu shuuriga yaratuvchanlik, bunyodkorlik, masʼuliyat va burch, odamiylik kabi fazilatlarni jo etayotgani bilan qimmatlidir.
Taqdimot yakunida har bir ishtirokchiga “Mehr va mahorat maktabi” kitobi hadya etildi.
Rahmatjon BOBOJONOV, “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring