Tramp Netanyahu bilan uchrashuvdan soʻng: AQSH Eron bilan muzokaralar davom ettiradi
Donald Tramp Oq uyda Binyamin Netanyahu bilan oʻtkazgan uchrashuvidan soʻng AQSH Eron bilan muzokaralarni davom ettirish tarafdori ekanini bildirdi.
Amerika rahbariga koʻra, muzokaralardan maqsad — Tehronning yadroviy dasturi boʻyicha kelishuvga erishish imkoniyati bor-yoʻqligini aniqlashdir.
“Men hozirgina Isroil bosh vaziri Netanyahu va uning delegatsiyasi bilan uchrashuvni yakunladim. Aniq natijalarga erishmadik, ammo men Eron bilan muzokaralar davom etishi shartligini taʼkidladim — kelishuvga erishish mumkinmi-yoʻqmi, shuni bilish kerak. Bosh vazirga aytib qoʻydim: agar kelishuvga erishilsa, bu afzal boʻlardi”, — deb yozdi Tramp Tramp Truth ijtimoiy tarmogʻida.
Shuningdek, u aks holda “yakuniy natija qanday boʻlishini tushunishga toʻgʻri keladi”, deb qoʻshimcha qildi.
Eslatib oʻtamiz, Eron yadroviy dasturi atrofidagi inqirozni hal etish boʻyicha AQSH va Eron oʻrtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi 6-fevral kuni Oʻmonda boʻlib oʻtgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring