Shomurodov Olimpiadaga boradimi: Kapadze Parijga boradigan 3 nafar futbolchining nomini ochiqladi
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Timur Kapadze 26-iyuldan 11-avgustgacha davom etadigan “Parij-2024” Olimpiada oʻyinlariga olib ketishni reja qilgan uch nafar yoshi katta futbolchining ismini maʼlum qildi. Bu haqda “Chempianat.Asia” nashri xabar bermoqda.
Maʼlum qilishicha, olimpiya oʻyinlariga terma jamoamiz U-23 yosh toifasidan kattalar limitidan toʻliq foydalangan holda Eldor Shomurodov, Oston Oʻrunov va Husniddin Aliqulovni Parijga olib ketadi.
Olimpiadaning futbol yoʻnalishida jamoalar faqatgina 18 nafar futbolchini roʻyxatga qoʻshishlari mumkin. Bundan tashqari, yana 4 nafar oʻyinchini zaxira varianti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyatiga ega.
U-23 Oʻzbekiston Olimpiada jamoasi mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba sportning futbol yoʻnalishida toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishgan va shu sababli 30 ming AQSH dollari miqdorida mukofotlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring