Shokolad isteʼmoli saratonga chalinish xavfini kamaytirish aniqlandi

20:43 28 Fevral 2020 Lifestyle
835 0

Shokolad butun dunyoga mashhur shirinlikdir. U qadimdan kakao donalaridan tayyorlanib kelinadi. Uni ham tanovvul qilish mumkin, ham muzqaymoq, konfetlar va boshqa mahsulotlar uchun xushboʻylashtirgich vositasi sifatida qoʻllash mumkin.

Shokolad dastlab Meksika va Markaziy Amerikadan kirib kelgan.

Tarixchilar Mayya qabilasi tropik oʻrmonlardan yovvoyi kakao daraxtlarini olib, oʻzlarining bogʻlariga ekishgan deb hisoblashadi. Ular ushbu meva urugʻlarini maydalab, suv va ziravorlar bilan aralashtirishgan hamda qaynoq ichimlik tayyorlashgan ekan. 16 asrda ispan tadqiqotchilari kakaoni Yevropaga olib kelishgan va undan qilingan ichimlik qisqa vaqt ichida, ayniqsa, qirollar, qirolichalar va aslzodalar orasida mashhur boʻlib ketgan.

Zamonaviy shokolad batonlari kakao moyiga shakar va sut qoʻshish yoʻli bilan tayyorlanadi. Keyin ushbu pasta turli shakllarda aralashtiriladi.

Hamma shokolad kaloriyaga boy ekanligini biladi. Ammo uning tarkibida uglevodlar, yogʻlar, boshqa vitamin va minerallar ham bor. Shuning uchun mazkur mahsulot sport bilan shugʻullanish yoki ogʻir mehnat qilishda yetarli quvvat bera oladi.

Olimlar shokoladni isteʼmol qilish qon bosimini tushirish, yurak-qon tomir va saraton kasalliklari xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Biroq shokoladning salbiy tomonlari ham bor. Bu shirinlik odamni oʻziga bogʻlab qoʻyishi va semirishga olib kelishi, meʼyoridan ortiq tanovvul qilish esa kariyesga sabab boʻlishi barchaga ayondir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?