Shifokor va hamshiralarni tayyorlash boʻyicha yagona malaka talablari ishlab chiqiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Soʻnggi yetti yilda tibbiyot oliygohlariga qabul 4,5 barobar koʻpayib, yiliga 25 ming nafar yoshlar oʻqishga kirmoqda. Ularning 40 foizi xususiy oliygohlarda oʻqimoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida qayd etildi.
Bitiruv imtihonini oliygohning oʻzi olishi, bilim va koʻnikmalarni baholovchi shaffof tizim yoʻqligi oqibatida mutaxassislar yetarli bilim va amaliy koʻnikmasiz mehnat bozoriga kirib kelayotgani qayd etildi.
Endilikda tibbiyot oliygohlari va texnikum bitiruvchilarining zamonaviy diagnostika va davolash usullarini oʻzlashtirishi shaffof tizim asosida alohida baholanadi. Bu tizim ishlayotgan vrach va hamshiralarga ham tatbiq etiladi.
Shu maqsadda Tibbiyot sohasini baholash milliy markazi tashkil qilinadi. Ushbu markazga xalqaro tan olingan xorijiy tashkilot jalb qilinadi. Davlat va xususiy klinikalar esa akkreditatsiyadan oʻtadi.
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish vazifasi davlat va xususiy tibbiyot oliygohlari, ixtisoslashgan markazlar va viloyat muassasalariga beriladi.
Mutasaddilarga shifokor va hamshiralarni tayyorlash boʻyicha yagona malaka talablarini ishlab chiqish topshirildi.
Dual taʼlim toʻliq joriy qilish mumkin boʻlgan soha tibbiyot ekani taʼkidlandi.
Lekin tibbiyot oliygohlari qoshidagi birorta klinika ularning balansida emasligi bunga toʻsqinlik qilayotgani qayd etildi.
Mutasaddilarga Qoraqalpogʻiston, Fargʻona va Urganch tibbiyot oliygohlariga moliyaviy mustaqillik berish, Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Urganch tibbiyot oliygohlari klinikasini ham ularning tarkibiy tuzilmasiga oʻtkazish topshirildi.
Oliygohlarning tegishli kafedralari klinika boʻlimlaridagi davolash ishlarini boshqaradi.
Tibbiyot oliygohlari rektorlari oʻz tizimidagi klinik bazasi boʻlgan boshqa muassasalarni ham taʼmirlash-jihozlashga masʼul boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring