Sherobod tumanida yana bir yirik sement zavodiga tamal toshi qoʻyildi
Bugun Sherobod tumanining Koʻhitang qishlogʻida Janubiy Koreyaning NCG Engineerring Co. Ltd. Kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan yirik sement zavodiga ilk tamal toshi quyildi. Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov hamda NCG Engineerring Co. Ltd. Kompaniyasi bosh direktori Jang Il Kveon ishtirok etishdi.
Loyiha qiymati 170 million dollar boʻlgan zavod ishga tushgach, yiliga 1 million tonna sifatli portland sement ishlab chiqariladi. Korxona mahsulotlari ichki bozor talablarini toʻldirish bilan birga xorijga ham eksport qilinadi. Korxonada 400dan ortiq mahalliy aholining bandligi taʼminlanadi.
Nafaqat Surxondaryo viloyati, balki, mamlakatimiz iqtisodiyotida alohida oʻrin tutadigan ushbu yirik sement zavodi 2021-yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring