Shavkat Mirziyoyevning tezkor munosabati Qoraqalpogʻistonni beqarorlashtirish boʻyicha rejalarni barbod qildi — amerikalik ekspert

Foto: Illustrativ foto
Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti (Vashington) direktori Svante Kornel Qoraqalpogʻistondagi vaziyatga izoh berdi.
S.Kornellni taʼkidlashicha, Qoraqalpogʻiston sovet davridagi iqtisodiy siyosat qurboni boʻlib qolgan, bu esa ushbu yirik mintaqada sogʻliqni saqlash va ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitiga halokatli taʼsir koʻrsatgan. Lekin Prezident Sh.Mirziyoyevning hokimiyat tepasiga kelishi bilan respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni yaxshilash uchun hududga muhim sarmoyalar kiritildi.
Ekspertga koʻra, joriy yilda chetda harakat qilayotgan tashqi kuchlar Konstitutsiyaga taklif qilinayotgan oʻzgarishlardan foydalanib, Qoraqalpogʻistonda tartibsizliklar keltirib chiqargan.
Ushbu tartibsizliklarning toʻsatdan va uyushqoqlik bilan tashkil etilganligi, ular asosan Internetda faoliyat yurituvchi kichik separatistik harakatning ishi boʻlishi mumkin emasligini koʻrsatadi. Boshqacha aytganda, tashqi kuchlar shubhasiz bunda ishtirok etgan. Lekin Nukusga kelgan Prezident Sh.Mirziyoyevning tezkor munosabati, Qoraqalpogʻistonning Oʻzbekiston tarkibidagi maqomi haqidagi bandlarni oʻzgarishsiz qoldirishga vaʼda berishi ularning beqarorlashtirish boʻyicha rejalarini barbod qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring