Shavkat Mirziyoyevning agrosanoat sohasiga oid muhim farmoni qabul qilindi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Qayd etilishicha, farmonga koʻra, bir qator muassasalar tashkil etiladi. Xususan, Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi joriy etiladi.
Shuningdek, Agentlik huzurida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi negizida Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi ham tuzilishi koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, 2024-yil 1-oktyabrdan sanoatlashgan yangi intensiv bogʻ va tokzorlarni barpo etish hamda moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi.
Xabar berilishicha, 2024-yil 1-oktyabrdan yangi bogʻlarni barpo etishni Jamgʻarma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirishning 4 bosqichi amalga kiritishi rejalashtirilmoqda.
Quyida nazarda tutilgan 4 bosqich:
1-bosqichda – yerni ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha miqdorda;
2-bosqichda – koʻchat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha miqdorda;
3-bosqichda – sugʻorish tizimlarini oʻrnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha miqdorda;
4-bosqichda – bogʻ hosilga kirgunga qadar 3-yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi miqdorida ajratiladi.
Avvalroq, yangilangan WBO reytingida 7 nafar bokschimiz joy olgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev: Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!
- 17 nafar professor-oʻqituvchiga ilmiy unvon berildi
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring