Shavkat Mirziyoyev Tataristonning “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifning birinchi kunida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston hududlarining Tatariston bilan oʻzaro manfaatli va koʻp qirrali hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Soʻnggi yillarda yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasi va faol gumanitar almashinuv oʻzining amaliy natijalarini berayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Faol muloqotlar va oʻzaro tashriflarni davom ettirish, Oʻzbekiston hududida qoʻshma iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shundan soʻng, Prezident Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti - “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Yuksak mukofotni Oʻzbekiston rahbariga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov tantanali ravishda topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev ushbu orden bilan Oʻzbekiston va Tatariston oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun mukofotlandi.
Mamlakatimiz yetakchisi Tatariston rahbariga mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirib, soʻnggi yillarda oʻzaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda Tatariston xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring