Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti bilan yurtimizdagi barcha moʻmin-musulmonlarni, butun xalqimizni tabrikladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Davlatimiz rahbari fursatdan foydalanib, yaqinlashib kelayotgan tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi boʻlgan ulugʻ ayyom – Ramazon hayiti bilan yurtimizdagi barcha moʻmin-musulmonlarni, butun xalqimizni tabrikladi.
“Bugun yana bir muhim sana – buyuk sarkarda bobomiz, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun”, — dedi Prezident.
Soʻnggi yetti yilda Jizzaxda ham katta oʻzgarishlar boʻldi.
Bu davrda viloyatga 5 milliard dollar investitsiya, shu jumladan 3 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb qilinib, 2,5 mingta yangi korxona ishga tushdi.
Bu orqali 45 mingta yangi doimiy ish oʻrinlari yaratildi. Tadbirkorlar 10,5 mingdan 20 minggacha koʻpaydi. Bu – respublika koʻrsatkichidan 50 foiz koʻp.
Hech mubolagʻasiz, Jizzaxda qishloq xoʻjaligidan sanoatga juda katta sakrash boʻldi, deb aytishga barcha asos bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring