Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri oʻrinbosarini qabul qildi

18:14 05 Fevral 2026 Siyosat
331 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Islomobod shahrida ajratilgan qarorgohda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Is’hoq Dor kutib oldi.

Shu yerda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Is’hoq Dor davlatimiz rahbariga o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar kun tartibi haqida ma’lumot berdi.

Oʻzbekiston Prezidenti vazirning ushbu davlat tashrifini tashkil etishga qoʻshgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

Tashrif doirasida boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi Oʻzbekiston – Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yangi amaliy mazmun bilan boyitishiga ishonch bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?