Shavkat Mirziyoyev Odri Azuleni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi va UNESCO o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi bosqichga olib chiqish, xususan, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida aloqalarni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosini, milliy qadriyat, urf-odat va an’analarini jahon miqyosida targ‘ib etish, mamlakatimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, dunyo xalqlari orasida madaniyatlararo muloqotni chuqurlashtirish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lidagi samarali faoliyati uchun UNESCO Bosh direktori Odri Azule xonim O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring