Shavkat Mirziyoyev Myanma rahbariga hamdardlik maktubi yoʻlladi
Bugun, 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Myanma Ittifoqi Respublikasi Davlat kengashi raisi, general Min Aung Hlaingga Myanmada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab insonlarning halok boʻlgani va jarohatlangani, shuningdek, jiddiy talofatlar yuzaga kelgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Bu haqida Oʻzbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Davlatimiz rahbari ushbu ogʻir va musibatli damlarda halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, shuningdek, Myanma xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring