Shavkat Mirziyoyev muhim Jamgʻarmani tuzish haqidagi qarorni imzoladi
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Davlatmiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Jamgʻarmaning asosiy vazifalari sifatida sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish, Jamgʻarma aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish, ushbu fondning aktivlariga investitsiyalarni jalb qilish hamda ularni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun yetakchi xalqaro institutsional investorlarni jalb qilishlar kiradi.
Bundan tashqari, Jamgʻarma investitsiya aktivlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga oʻtish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etishni boʻyniga oladi.
Shuningdek, Jamgʻarma ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi oʻtkaziladigan korxona va tijorat banklarining roʻyxati tasdiqlangan.
Ushbu Jamgʻarma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar uning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi. “Jamgʻarmaning 2030-yilgacha investitsiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlariga koʻra dividendlar toʻlashga yoʻnaltiriladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Makkada qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring