Shavkat Mirziyoyev muhim bir qonunni imzoladi
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 1003-sonli Qonunni 21.11.2024-y. sanasi bilan imzoladi. Shu tariqa, raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Qonun bilan ayrim kodekslarga raqamli dalillar tushunchasini, raqamli dalillarni toʻplash, taqdim etish, mustahkamlash, koʻzdan kechirish, tekshirish va baholash, ularni saqlash, qaytarish hamda yoʻq qilish tartibini belgilovchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, qonunchilikda raqamli dalillarni guvohlantirish va ularni tekshirish tartibi nazarda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring