Shavkat Mirziyoyev Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga taʼziya yoʻlladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kashmir hududida sodir boʻlgan terrorchilik harakati oqibatida koʻplab insonlar nobud boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga samimiy hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.
Kashmirdagi otishma
Kecha, 22-aprel kuni Hindiston shimolidagi Kashmir mintaqasida yuz bergan otishma oqibatida kamida 25 nafar sayyoh halok boʻldi, yana 20 dan ortiq kishi yaralandi.
“The Hindu” nashrining xabar berishicha, otishma Paxalgam shahrida yuz bergan. Qurollangan shaxslar Baysaran vodiysidagi soʻqmoq boʻylab ketayotgan sayyohlarga qarata oʻq uzgan.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi voqea yuzasidan munosabat bildirib, uni terrorchilik hujumi deb atadi.
“Terrorizmga qarshi kurashdagi qatʼiyligimiz oʻzgarmas va yanada kuchayadi”, deb yozadi Modi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring