Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 14-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Prezidentimiz Turkmaniston yetakchisini shoir va mutafakkir Maxtumquli Firogʻiyning 300-yillik yubileyiga bagʻishlangan xalqaro forum muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi hamda Ashxobod shahrida koʻrsatilgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.
Yaqindagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlardan kelib chiqib Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari boʻlajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring