Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidentini tugʻilgan kuni bilan tabrikladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Oʻzbekiston rahbari Belarus Prezidentini yubiley bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik va katta yutuqlar, doʻst Belarus xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
Oʻz navbatida, Belarus Prezidenti Oʻzbekiston rahbari va koʻp millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik, barqaror taraqqiyot va rivojlanish tiladi.
Suhbat davomida joriy yilning 7–9-fevral kunlari Belarus Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni qabul qilingan “yoʻl xaritasi”ga muvofiq amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiyaning yaqinda mamlakatimizga qilgan tashrifining samarali natijalari yuqori baholandi.
Sanoat kooperatsiyasi boʻyicha qoʻshma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni tezlashtirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring