Shavkat Abdurazzoqov olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan ikki sportchi qizga «Nexia 3» sovgʻa qildi
Ularni taqdirlash marosimi yoshlar oyligi doirasidagi “Yoshlar va sport” festivali chogʻida tashkil etildi. “Afsonalar vodiysi” tematik parkida boʻlib oʻtayotan ushbu anjuman bugun minglab yigit-qizlarni birlashtirgan. Unda “Tokio-2020” olimpia va paraolimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan sportchi yoshlarga alohida ehtirom koʻrsatildi.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan ikki sportchi qiz - oʻq otish boʻyicha mohir sportchi Muhtasar Tohirova hamda charm qoʻlqop ustasi Shaxnoza Yunusovaga «Nexia 3» avtomashinasini tuhfa etdi.
Yoshlik va sport bayramiga aylangan festivalda shuningdek, Osiyo va Jahon chempionatining 10 nafar sovrindor 5 million soʻmdan, “Tokio-2020” olimpiya va paraolimpiya oʻyinlarida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan 6 nafar sportchining har biriga 6 million soʻmlik pul mukofotlari topshirildi.
Bayram tadbirlari davomida sanʼatkorlarning koʻngilochar dasturlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar qoʻshinlarining kursantlarining vatanparvarlik ruhidagi jangovar chiqishlar namoyish qilindi
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring