Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi yakunlari boʻyicha 15 ta hujjat imzolandi
Bugun Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) mamlakatlari Hukumat rahbarlari Kengashining yigʻilishi yakunlandi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha oʻndan ortiq hujjatlar imzolandi.
Jumladan:
- SHHT Kotibiyatining SHHTning koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish toʻgʻrisidagi hisoboti toʻgʻrisida;
- SHHTning 2018-yilgi byudjeti ijrosi toʻgʻrisidagi moliyaviy hisobot toʻgʻrisida;
- Shanxay hamkorlik tashkilotining 2020-yilgi byudjeti toʻgʻrisida;
- SHHTga aʼzo davlatlar tashqi auditorlari komissiyasining Shanxay hamkorlik tashkilotining doimiy faoliyat yurituvchi organlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati tashqi auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi hisoboti toʻgʻrisida;
- Shanxay hamkorlik tashkilotining doimiy faoliyat koʻrsatadigan organlarining tarjimon taʼminoti toʻgʻrisida;
- Aʼzo davlatlarning koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorligi dasturining yangi tahririni tasdiqlash toʻgʻrisida;
- SHHTning Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha hamkorlik dasturini amalga oshirish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida;
- SHHT mamlakatlari temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida temir yoʻl transporti sohasida oʻzaro hamkorlik konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida;
- SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida uzoq va olis qishloqlarni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik konsepsiyasini va uni amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasini tayyorlash toʻgʻrisida;
- Shanxay hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy tahlil markazlari konsorsiumi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida;
- SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining 18-yigʻilishidan keyingi qoʻshma kommyunike;
- SHHT mamlakatlari hukumatlari oʻrtasida transportni boshqarishning yaxlit tizimini shakllantirish toʻgʻrisidagi doiraviy bitim;
- SHHT davlatlari bojxona xizmatlari oʻrtasida milliy tranzit tizimlarining oʻzaro integratsiyasi toʻgʻrisida memorandum;
- SHHT va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) oʻrtasida anglashuv memorandumi;
- SHHT Kotibiyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 17 nafar professor-oʻqituvchiga ilmiy unvon berildi
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
- Prezident yangi qaror imzoladi
- Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring