Shamsiddin Vohidov Nyu-Dehli shahrida shaxmat boʻyicha yakunlangan Osiyo qitʼa chempionatini kuchli beshlikda yakunladi

14:49 08 Noyabr 2022 Sport
1135 0

Foto: Arxiv surat

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida shaxmat boʻyicha yakunlangan Osiyo chempionatida hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov musobaqaning biror partiyasida magʻlubiyatga uchramagan tarzda 6 nafar shaxmatchi bilan bir xil 6½ ochko jamgʻarib, umumiy holatda kuchli beshlikdan joy oldi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Aytish lozimki, qitʼaning 13 ta mamlakatidan 140 nafar shaxmatchi, jumladan 31 nafar grossmeyster, 46 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 14 nafar ayol grossmeyster va 17 nafar xalqaro toifadagi ayol shaxmatchilar toʻqqiz kunlik bahslarda Osiyo chempionlarini aniqlash uchun bahslashdi.

Murosasiz bahslarda erkaklar oʻrtasida gʻoliblik 7 ochko jamgʻargan hindistonlik Rameshbabu Praggnanandaga nasib etdi.

Ayollar oʻrtasida ham gʻoliblik hindistonliklarga nasib qildi. Hind shaxmatchi qizi Pallatur Venkatachalam Nandxidxaa 7½ ochko bilan gʻoliblikni tantana qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?