Shahvoniy shilqimlik qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

16:18 12 Aprel 2023 Hujjatlar
2233 0

Foto: Arxiv surat

Shahvoniy shilqimlik qilish, yaʼni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul boʻlgan hamda uning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega boʻlgan harakatlarni bir marta qoʻpol ravishda yoki bir necha marta sodir etish 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi mumkin.

Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash (47-4-modda), ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash (47-5-modda) kabi maʼmuriy qilmishlar quyidagi javobgarliklar qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

— 15 sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga;

— 120 soatgacha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga;

— maʼmuriy jazolarning mazkur turlari qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga BHMning 20 baravari miqdorida jarima solishga.

Shuningdek, ota-onaning oʻz voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganligi BHMning 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi mumkin.

Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanib, mazkur huquqbuzarlik BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima yoki 10 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Shuningdek, xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir roʻzgʻorda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsni doʻpposlash BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa sabab boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?