Shahrisabzda Yoshlar festivaliga “Yurish marafoni” orqali start berildi
Bugun Shahrisabz shahrida “Biz Amir Temur avlodlari, unga izdosh boʻlamiz!” shoiri ostida oʻtkazilayotgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivaliga “Yurish marafoni” orqali start berildi.
Qashqadaryodagi shahar va tuman hokimliklari, Yoshlar ishlari agentligi, madaniyat, turizm va sport boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida shu yilning 13-iyunidan 15-iyuniga qadar davom etadigan mazkur yoshlar festivali Oʻzbekiston Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilmoqda.
— Yoshlar festivali doirasidan oʻrin olgan “Salomatlik uchun 5 ming qadam” shiori ostida oʻtkazilgan “Yurish marafoni”da 500 nafardan ziyod navqiron yigit-qiz shahrimizning Ipak yoʻli koʻchasidan Samarqand darvoza koʻchasigacha boʻlgan masofani bosib oʻtishdi, — deydi Shahrisabz tumani turizm va sport boʻlimi boshligʻi Yorqinoy Jumanova. — Ishtirokchi yoshlarning yuz-koʻzidagi quvonchni koʻrib, ularning ertangi kunga ishonchi yuksakligiga, jonajon Oʻzbekistonimiz kelajagi va ravnaqiga hissa qoʻshishga doim shayligiga amin boʻlasiz. Shubha yoʻqki, bu festival yigit-qizlarimizni Yangi Oʻzbekiston ravnaqi yoʻlida birlashishlarida, hamnafas boʻlishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Uch kun davom etadigan festival dasturidan besh muhim tashabbus doirasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, tarixchi olimlar bilan uchrashuvlar, kitobxonlik, mushoira kechalari, intellektual bellashuvlar, turli koʻrik-tanlovlar, yoshlar shoulari, koʻngilochar chiqishlar va sport musobaqalari oʻrin olgan.
Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring