Shahrisabz shahri xalqaro velomarafonga mezbonlik qiladi

17:16 30 Noyabr 2020 Jamiyat
714 0

2021-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda “Shakhrisabz Open” xalqaro velomarafoni oʻtkaziladi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bu haqda Prezidentning Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi vaqtida tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilgan.

Maʼlumot oʻrnida, Shahrisabz 2018-yildan buyon xalqaro Maqom anjumaniga ham mezbonlik qilib kelmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent, Samarqand shaharlarida ham xalqaro velomarafonlar oʻtkazib kelinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?