Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq boʻldi

15:39 22 Fevral 2025 Sport
302 0

Oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosov navbatdagi jangini qachon va qayerda oʻtkazishi aniq boʻldi. Bu haqda sportchining oʻzi “Sport” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Gʻiyosovning soʻzlariga koʻra, u joriy yilning 12-aprel kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga koʻtariladi. Oʻsha kuni unga meksikalik bokschi raqiblik qiladi.

Maʼlumot uchun, mazkur turnirning markaziy jangi yarim oʻrta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanyonis hamda IBF chempioni Jaron Ennis oʻrtasida kechadi. Shahram Gʻiyosov ushbu boks kechasida raqibi ustidan gʻalaba erishsa, keyingi jangini aynan Ennis — Stanyonis bahsi gʻolibiga qarshi oʻtkazadi.

Aytish joiz, vakilimiz professional faoliyati davomida 16 bor ringga koʻtarilib, ularning barchasida zafar quchgan. U soʻnggi jangini 2024-yilning 31-iyulida Migel Parraga qarshi oʻtkazib, hakamlar qarori bilan gʻalaba qozongandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер