Shahram Gʻiyosov birdaniga ikki kamar uchun jang oʻtkazadi
Oʻzbekistonlik mashhur bokschi Shahram Gʻiyosov yarim oʻrta vazn toifasida WBA chempioni Eymantas Stanyonis va IBF chempioni Jeyron Ennis oʻrtasida 12-aprel kuni oʻtkaziladigan birlashtiruvchi jangga oʻz roziligini berdi. U ushbu jangda gʻolib boʻladigan sportchi bilan keyinchalik ringda kuch sinash shartlari asosida bunday qarorga kelgan.
“The Ring” nashrining xabar berishicha, WBA qoidalariga muvofiq, yarim oʻrta vazn WBA chempioni Stanyonisga IBF chempioni Ennisga qarshi jang oʻtkazishga maxsus ruxsat berilgan. Jang Atlantik-Sitida tashkil etiladi. WBA qoidalariga koʻra, Stanyonis jamoasi ushbu jang haqida Shahram Gʻiyosovga murojaat qilgan va uning roziligini olgan.
WBAʻning qoidalariga koʻra, Stanyonis va Ennis oʻrtasidagi birlashtiruvchi jang gʻolibi 120 kun ichida Shahram Gʻiyosovga qarshi jang oʻtkazishi majbur. Bu qaror yarim oʻrta vazn toifasidagi jahon chempionligi uchun kurashni yanada qizgʻinlashtirishi kutilmoqda.
“The Ring” nashrining yozishicha, Shahram Gʻiyosov ham 12-aprel kuni Atlantik-Sitida oʻtkaziladigan boks kechasida oʻz jangini oʻtkazadi. Uning bu jangdagi raqibi kim boʻlishi hozircha maʼlum emas, biroq ushbu kecha boks muxlislari uchun katta qiziqish uygʻotishi aniq.
Shahram Gʻiyosov WBA yoʻnalishidagi majburiy daʼvogar sifatida oʻz maqomini yanada mustahkamlash hamda ikki kamar uchun jang qilish orzusini amalga oshirish uchun jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda. Mazkur jang uning karyerasidagi muhim bosqich boʻlishi kutilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring