Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga saylandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi Shahnoza Shavkatovna Mirziyoyeva Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga saylandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Shahnoza Mirziyoyeva hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ham faoliyat yuritib kelmoqda.
2017-yil dekabrdan 2019-yil avgustgacha Shahnoza Mirziyoyeva MTVning Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2023-yil iyun oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring