Shahar va qishloqlarda nechta mahalla bor? Qanchasi togʻli, choʻl va chegara hududida joylashgan?

12:51 01 Fevral 2021 Jamiyat
3738 0

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva mahallalar soni haqida maʼlumot berdi.

2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, yurtimizda 9 168 ta fuqarolar yigʻini mavjud boʻlib, ularning:

8 877 tasi — mahalla fuqarolar yigʻini;

161 tasi — ovul fuqarolar yigʻini;

89 tasi — qishloq fuqarolar yigʻini;

41 tasi — shahar fuqarolar yigʻinidan iborat.

Mazkur fuqarolar yigʻinlarining 10 tasi — jamoatchilik asosidagi,
11 tasi — harbiy shaharchalarda joylashgan fuqarolar yigʻinlari hisoblanadi.

Eng koʻp — 1000 dan oshiq mahallaga ega hudud sifatida Samarqand viloyati yetakchilik qiladi. Bu viloyatda hozirgi vaqtda 1 100 ta mahalla fuqarolar yigʻini mavjud. Undan soʻng Toshkent viloyati 1 48 ta, Fargʻona viloyati 1 41 ta mahalla bilan keyingi oʻrinlarni band qilgan.

Fuqarolar yigʻinlarining geografik joylashuviga toʻxtaladigan boʻlsak, respublikamizdagi 1 830 ta mahalla fuqarolar yigʻini — shaharlarda, 1 205 tasi — tuman markazlarida joylashgan.

Tuman markazigacha 30 km boʻlgan masofada joylashgan mahallalar soni — 4 839 tani, tuman markazidan 30 km va undan olis masofada, togʻli va choʻl hududlarda joylashgan fuqarolar yigʻinlari soni — 720 tani tashkil etadi.

Chegara yoki anklav hududlarda joylashgan fuqarolar yigʻini soni esa 574 tani tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер