“Seniki, meniki, kimniki”: AQSHda sunʼiy intellektning ikki kompaniyasini sudga berishdi

03:22 02 Iyul 2024 Dunyo
248 0

AP News

Jurnalistik surishtiruv markazi (Center for Investigative Reporting) "Mualliflik huquqi toʻgʻrisida"gi qonunni buzganlikda ayblab, “OpenAI” va “Microsoft” kompaniyalarini sudga berdi. Bu haqda AP axborot agentligi xabar berdi.

Ushbu notijorat tashkilot ikki kompaniyani ruxsatsiz va haq toʻlamasdan jurnalistik faoliyatdagi mualliflik huquqlarini buzganlikda ayblagan. Nyu-York federal sudiga berilgan daʼvoga koʻra, “OpenAI” mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlardan foydalanishda gumonlanmoqda.

Notijorat tashkilotning bosh direktori Monika Bauerlyayn kompaniyalar tomonidan oʻtkazilayotgan ayrim amaliyotlar tashkiloti uchun xavf tugʻdirishidan xavotirlanmoqda. Xonim sunʼiy idrok vositalari kitobxonlar va jurnalistika oʻrtasidagi munosabatlarni buzishi mumkinligidan tashvishlanyapti. “Bu boshqa axborot bilan ishlovchi tashkilotlarning ham kelajagiga tahdid solishi mumkin”, deydi u.

Ushbu daʼvo arizasi sunʼiy intellekt va mualliflik huquqi sohasiga oid muhim savollarni tugʻdiradi. Bu kelajakda shunday platformalar tomonidan tayyor kontentlardan foydalanish qanday tartibga solinishi va kompensatsiyalanishi uchun huquqiy normalar ishlab chiqishni talab qilishi mumkin.

Avvalroq, chaqaloqlarning miyasi sunʼiy intellektlardan samaraliroq ishlashi haqda xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер