Senatorning Qoraqalpogʻistondagi uchrashuvlari

12:03 21 Noyabr 2025 Siyosat
200 0

Joriy yilning 20-21-noyabr kunlari Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Oral Ataniyazova Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi doirasida Qoʻngʻirot tumani Kengashi deputatlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Senatning oʻn birinchi yalpi majlisida muhokama qilingan va maʼqullangan qonunlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Taʼkidlanganidek, jamiyat taraqqiyoti hamda mamlakat rivoji qonun ustuvorligini taʼminlash bilan chambarchas bogʻliq. Shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy barqarorlikni saqlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor qaratish muhim vazifa ekani qayd etildi.

Shu bilan birga, Qoʻngʻirot tumani koʻp tarmoqli markaziy shifoxonasi poliklinikasida vrachlar, hamshiralar va bemorlar ishtirokida koʻkrak bezi saratoni hamda bachadon boʻyni saratonining oldini olish masalalariga bagʻishlangan oʻrganish oʻtkazildi.

Bundan tashqari, senator Oral Ataniyazova hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Amanjol Ayapov rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda yoshlarning bandligini taʼminlash, talaba-yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularni ishga joylashtirish hamda bitiruvchilarni barqaror ish oʻrinlari bilan taʼminlash masalalari atroflicha muhokama etildi.

Darhaqiqat, oliy taʼlimning asosiy maqsadi – Yangi Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston uchun yetuk kadrlar tayyorlash, ularga nazariy va amaliy bilimlar berish, shu bilan birga, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi va tanlagan mutaxassislik yoʻnalishi boʻyicha bandligini taʼminlashdan iboratdir. Shuning uchun ham yoshlarni ish bilan taʼminlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish davlat siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Mazkur maqsadda hududlarda amaliy tadbirlar izchil oʻtkazib kelinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?