Senatorlar “Birinchi qoʻngʻiroq” va “Mustaqillik darsi” tadbirlarida ishtirok etdi
Respublikamiz taʼlim muassasalarida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida yangi oʻquv yili boshlanganidan darak beruvchi birinchi qoʻngʻiroq chalindi. Mazkur jarayonlarda parlament aʼzolari, jumladan, senatorlar ham faol ishtirok etdi.
Xususan, Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 241-maktabda oʻtkazilgan bayram tadbirida oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ota-onalar, shuningdek, Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Iminov ishtirok etdi.
Bayram tadbirida soʻzga chiqqan senator O. Iminov barchani Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Maktab oʻquvchilariga murojaat qilar ekan, ularga ulkan muvaffaqiyatlar, tashabbuskor, maqsadli, kuch va gʻayratga toʻla boʻlishlarini tiladi, bolalar tajribali ustozlar rahbarligida bilimni chuqur oʻzlashtirib, oʻz yutuqlari bilan Vatan sharafini albatta ulugʻlashiga ishonch bildirdi.
Bundan tashqari “Mustaqillik darslari” boʻlib oʻtdi va unda maktab oʻquvchilariga Oʻzbekistonning mustaqil taraqqiyot yoʻli, mamlakatimizda uni yanada taraqqiy ettirish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida soʻzlab berdi.
Shuningdek, “Mustaqillik darslari” oʻquvchi-yoshlarimiz ongiga vatanparvarlik ruhini singdirish, mamlakatimizda rivojlangan demokratik jamiyatni barpo etish, vatanga sodiq, yurt kelajagi va taraqqiyotiga daxldor, yuksak maʼnaviyatli, qatʼiy eʼtiqod va mustaqil fikrga ega boʻlgan, fuqarolik burchini chuqur his qiladigan barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi M.Qodirxonova Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 4-maktabida boʻlib, oʻquvchilarni yangi oʻquv yili bilan tabrikladi.
Tadbir davomida senator oʻquvchi va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, bugungi kunda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumotlar berdi. Senator maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, bularning bari mustaqillik bergan inʼomlardan biri ekanligiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Mamlakatimizda mustaqillik shukuhi kezib yurgan bugungi kunda yoshlarimiz ongida Vatanni qadrlash, shukronalik, mehr-muhabbat ruhini singdiruvchi “Mustaqillik darslari” har yili ananaviy tarzdi oʻtkazilib kelinishi bejiz emasligini qayd etdi.
Shu bilan birga, Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Farhod Boqiyev hamda Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Risqul Siddiqovlar poytaxtning Yangihayot tumanida joylashgan 8-maktabga tashrif buyurib, bayram tadbirlarida ishtirok etdi.
Senatorlarning bu kabi faolligi respublikamizning boshqa tuman va shaharlarida ham davom etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring