Senatorlar aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonida faollik namoyon etmoqda
15-yanvardan eʼtiboran mamlakatimizda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonining birinchi bosqichi rasman boshlandi. Ushbu muhim davlat ahamiyatiga molik tadbirda senatorlar ham faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, senatorlar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID yagona identifikatsiya tizimi yordamida onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtmoqda. Shubhasiz, xalq vakillarining faolligi davlat organlari va jamoatchilik uchun namuna boʻlib, fuqarolarni mazkur tadbirda ishtirok etishga undaydi.
Maʼlumki, birinchi bosqich doirasida 15–31-yanvar kunlari fuqarolarga Internet orqali mustaqil ravishda oʻzlari va oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlarni kiritish imkoniyati yaratilgan. Onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayoni nafaqat mamlakat ichida, balki xorijda vaqtincha boʻlib turgan vatandoshlarimiz uchun ham qulay sharoit yaratmoqda.
Senatorlar aholini roʻyxatga olish kelgusi 10–20-yil mobaynida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab, barcha fuqarolarni ushbu jarayonda faol ishtirok etishga chaqirmoqda. Chunki aholining yosh tarkibi, taʼlim darajasi, bandligi, migratsiya jarayonlari hamda daromad manbalari boʻyicha shakllantiriladigan yagona maʼlumotlar bazasi davlat siyosatini samarali yuritishda mustahkam asos boʻlib xizmat qiladi.
Eslatib oʻtamiz, onlayn roʻyxatdan oʻtish tartibi boʻyicha video-qoʻllanma ushbu havola https://www.youtube.com/watch?v=emOwotRVK4c&t=224s orqali taqdim etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring