Senator yakkabogʻlik oʻquvchilar bilan uchrashdi
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani maktab oʻquvchilari “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJga tashrif davomida Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi Shuhrat Aslanov bilan uchrashdi.
Uchrashuv chogʻida senator oʻquvchilarga mamlakatimiz sanoatida mazkur majmuaning oʻrni, ishlab chiqarish jarayonlari va korxonada qoʻllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Shuningdek, u yoshlarni ilmga chanqoq, intiluvchan, mehnatsevar va masʼuliyatli boʻlishga, kelajak kasbini ongli ravishda tanlashga undadi.
Uchrashuv samarali boʻldi hamda maktab oʻquvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring